Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istomin Bashtad turnirdagi ishtirokini chorak finalda yakunladi
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shvetsiyaning Bashtad shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi. 24 iyul kuni o‘tkazilgan yakkalik bahsining chorak final uchrashuvida fransiyalik Benua Perga qarshi kortga chiqqan Istomin raqibiga 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Turnirning mukofot jamg‘armasi 439.405 yevroni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 73, Per esa 62-o‘rinni egallab turibdi. Istomin ilk davrada argentinalik Diyego Shvartsmanni 6:3, 6:4, ikkinchi davrada esa ispaniyalik Nikolas Almagroni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lub etgandi.