Sport | 08:12 / 25.07.2015
1852
1 daqiqa o‘qiladi

Kurani "Xoffenxaym" bilan shartnoma imzoladi

Moskvaning "Dinamo" jamoasi safini erkin agent sifatida tark etgan germaniyalik hujumchi Kevin Kuran`i "Xoffenxaym" safiga borib qo‘shildi. Bu haqda nemislar jamoasi rasmiy saytida xabar berilgan.

Ushbu kelishuv bir mavsum uchun tuzilgan.

Ma'lumot uchun, ushbu 33 yoshli futbolchi oxirgi 2 mavsum davomida Moskvada faoliyat ko‘rsatdi va "Dinamo" safida 29 o‘yinda maydonga tushib, 18 gol urdi hamda 5ta golli uzatma amalga oshirdi. U jamoada yuzaga kelgan moliyaviy muammolar tufayli shartnomasini uzaytirmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish