Sport | 09:20 / 25.07.2015
2098
1 daqiqa o‘qiladi

"Roma"ning 5 nafar futbolchisi Indoneziyadagi turneda ishtirok etmaydi

"Roma" jamoasining 5 nafar futbolchisi jamoaning Indoneziyada o‘tkaziladigan mavsumoldi turnesida qatnashmaydi.

Football Italia nashrida yozilishicha, hujumchilar Seydu Dumbiya, Jyervino, Viktor Ibarbo, Antonio Sanabriya va yarim himoyachi Adam Lyayich Indoneziyaga borishmagan. Buning sabablari hozircha aniqlanmagan.

Ayni vaqtda ushbu futbolchilar Rimga qaytib kelishayotgani aytilgan. Jamoa esa qolgan futbolchilar bilan Avstraliyadan Indoneziyaga yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, "Roma" Avstraliyada "Real" va "Manchester Siti" jamoalari bilan nazorat uchrashuvlari o‘tkazdi va har ikki o‘yinda ham asosiy vaqt durang natijalar bilan yakunlangach, belgilangan penaltilar seriyasining birinchisida g‘alaba qozonib, ikkinchisida mag‘lub bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish