Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvaynshtayger "Barselona"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi
“Manchester Yunayted” tarkibiga yaqinda kelib qo‘shilgan Bastian Shvaynshtayger “Barselona”ga qarshi kechadigan International Champions Cup musobaqasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnasha olmaydi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilindi.
“MYu” bosh murabbiyi Lui van Galning ma'lum qilishicha, germaniyalik yarim himoyachi mashg‘ulotlar vaqtida kichik jarohat olgan.
Shuningdek, gollandiyalik mutaxassis jarohat tufayli biroz muddat maydonga tusha olmagan darvozabon David de Xea hamda Antonio Valensiya “Barselona”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkinligini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 25 iyuldan 26 iyulga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.