Texnologiya | 14:35 / 25.07.2015
6117
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada bambukda ishlaydigan ilk elektrostansiya quriladi

Fujisaki Electric kompaniyasi Yaponiyada yoqilg‘i o‘rnida bambuk ishlatiladigan elektrostansiya qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha qurilishi 2016 yilning yanvar oyida boshlanib, yil oxiriga qadar ishga tushiriladi. Kompaniyaning umumiy xarajatlari  19,4 mln dollarni tashkil qiladi.

Fujisaki Electric bergan ma'lumotga ko‘ra, elektrostansiya yiliga 15,8 GVt elektroenergiya ishlab chiqariladi. Bu 4860 nafar oilani yil davomida ta'minlashga yetadi. Elektrostansiyada mahalliy bambukdan foydalanishadi.

Ginnes rekordlari kitobida yozilishicha, bambuk dunyodagi eng tez o‘sadigan o‘smilik hisoblanadi. Uning ba'zi turlari kuniga 91 sm o‘sishi mumkin. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish