Sport | 22:45 / 26.07.2015
2167
1 daqiqa o‘qiladi

“Rubin”ning ganalik futbolchisi bezgakka uchradi

Qozonning “Rubin” jamoasi tarkibida to‘p suruvchi futbolchi Muborak Vakaso bezgak kasali bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda jamoaning bosh murabbiyi Rinat Biloliddinov ma'lumot berdi.
“Vakaso bezgakka uchradi. Bu jiddiy kasallik, uning oqibatlari har qanday tana a'zosida sezilishi mumkin. Hozircha uning shifoxonadan chiqqanidan so‘ng ahvoli qanday bo‘lishi noma'lum”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish