Sport | 07:36 / 26.07.2015
3063
2 daqiqa o‘qiladi

Blatter Putinni 2018 yilgi Jahon chempionati Rossiyada o‘tishiga ishontirdi

FIFA prezidenti Yozef Blatter Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hozirgi geosiyosiy vaziyat ortida 2018 yilgi jahon chempionati Rossiyada o‘tkazilishi o‘ta muhimligiga ishontirdi.

“Men sizga shuni ma'lum qilmoqchimanki, ijroiya qo‘mita FIFA Rossiyani 2018 yilgi Jahon chempionatining Rossiyada o‘tkazilishini o‘z tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlashiga ishontiruvchi yangi rezolyutsiyani qabul qildi”, deb aytmoqda Blatter.

“Biz FIFAda Rossiya Jahon chempionatini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazadi, deb ishonamiz. Bu borada Rossiyaga “Ha” javobini berib, qo‘llab-quvvatlashimizga ishontiramiz. Bu ayniqsa hozirdagi geosiy vaziyatda muhim hisoblanadi, shuning uchun bu yerda shunchaki bizning dunyoni yaxshiroq qilish istagimiz haqida emas, balki biz tinchlikni qo‘llab-quvvatlash, futbolni rivojlantirish uchun aniq nimadir qilishni istashimiz haqidagi gapirishimiz zarur.

Men, janob prezident sizga, Rossiya Federatsiyasiga va siz bilan, 2018 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish bilan to‘liq faxrlanishi mumkin bo‘lgan butun rus xalqiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, deb ta'kidladi Blatter.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish