Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:07 / 26.07.2015
6435
1 daqiqa o‘qiladi
Kun fotosi: Keniyalik ko‘cha rassomi Obamaning portretini ishladi
AQSh prezidenti Barak Obamaning portreti Keniya poytaxti Nayrobi shahridagi GoDown nomli san'at markazi binosining devorida paydo bo‘ldi.
Bankslave taxallusli mahalliy rassom Obamaning Keniyaga tashrifi munosabati bilan shu ishga qo‘l urgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 iyul kuni Barak Obama o‘zining ota yurti Nayrobiga Afrika mamlakatlari iqtisodini ko‘tarish masalalariga bag‘ishlangan Global sammitda ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. U 2006 yilda oxirgi marta Afrikaga kelgandi.
Obama 26 iyul kuni Efiopiyaga uchadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish