Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar Germaniyadagi turnirda birinchi o‘rinni oldi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyada o‘tkazilgan 42-xalqaro turnirda 3ta oltin, 2tadan kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa Saksoniya-Anxalt yerining Galla shahrida o‘tkazildi. Final janglarida Do‘smatov Hasanboy (49 kg) mo‘g‘ulistonlik Ganxuaga Gan-Yerdene ustidan, Qodirov Abrorjon (52 kg) fransiyalik Eli Konki ustidan, Jalolov Bahodir (+91 kg) germaniyalik Maks Keller ustidan g‘alaba qozondi.
Final bosqichiga yetib kela olgan Ahmadaliyev Murodjon (56 kg) germaniyalik Sharaf Ramandan, Hojiboyev Burgut esa (60 kg) gollandiyalik Enrikov Lakruzdan mag‘lubiyatga uchrab, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bronza mukofotlariga Isroil Madraimov (-69 kg) va Rustam To‘laganovlar (-91 kg) sazovor bo‘ldilar.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 7ta medal bilan umumiy hisobda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.