Sport | 08:47 / 27.07.2015
1782
1 daqiqa o‘qiladi

Andres Guardado KONKAKAF kubogining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Futbol bo‘yicha Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Guardado AQShda o‘z nihoyasiga yetgan KONKAKAF Oltin kubogining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 28 yoshli futbolchi o‘z hisobiga 6ta o‘yinda 6ta gol yozib qo‘ydi. Jumladan, Guardado Meskikaning Yamaykaga qarshi final uchrashuvida birinchi golga mualliflik qildi.

AQSh terma jamoasi hujumchisi Klint Dempsi o‘z hisobidagi 7ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi, uning jamoadoshi, darvozabon Bred Guzan musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 22 yoshli meksikalik futbolchi Xesus Korona musobaqaning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sifatida e'tirof etildi.

Musobaqaning finaligacha yetib borib, u yerda Meksikaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan Yamayka terma jamoasi feyr-pley mukofotiga loyiq deb topildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish