Jamiyat | 20:11 / 27.07.2015
6364
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi hayvonot bog‘ida orangutan o‘z qafasidan chiqib ketib, bog‘ hududi bo‘ylab sayr qildi

Avstraliyaning Perte shahridagi hayvonot bog‘ida Sumatra orangutanining antiqa urg‘ochisi qafasdan qochib ketib, bog‘ hududi bo‘ylab bamaylixotir sayr qilib yurdi. Bu haqda 9news.com.au portali xabar bermoqda.

5 yoshli Teliti laqabli ushbu orangutan o‘zining onasi Puteri bilan yashagan qafasdan chiqib keta oldi. Teliti tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan yo‘lakda yurganda payqab qolindi. Orangutanning qo‘lida suvli idish bo‘lgan.

Hayvonot bog‘ida ta'kidlanishicha, Teliti “juda kirishimli va qiziquvchan” yosh orangutan bo‘lgani uchun o‘zini antiqa tutgan. Maymun biroz bog‘ sarhadlarini aylanib chiqib, o‘z “yaqinlari” bilan bo‘lish ko‘proq maroqli ekanini tushunib yetgan.

Hayvonot bog‘ida voqea batafsil tergov qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish