Jahon | 17:07 / 27.07.2015
3346
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik fermerlar Germaniya va Ispaniyadan oziq-ovqat mahsulotlari kirib kelishini to‘sib qo‘yishmoqda

Frantsuz fermerlari Germaniyadan mamlakat hududiga oziq-ovqat mahsulotlari ortgan yuk mashinalari kirib kelishini to‘xtatib qo‘yishyapti. Bu haqda Agence France Presse xabar berdi.
Fermerlar ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi keskin tushishiga qarshi shunday chora ko‘rishga qaror qilishgan. Tashabbuskor guruhlar Germaniya bilan chegaradagi 6ta yo‘lda mustaqil ravishda nazorat punktlarini tashkil qilishgan.
"Biz shu vaqtgacha Germaniyadan qishloq xo‘jalik mahsulotlari olib kelayotgan 300ga yaqin yuk mashinasini ortiga qaytarib yubordik", deydi fermerlar uyushmasi a'zolaridan biri.
Ma'lum qilinishicha, ushbu jarayonda 1000 nafardan ortiq fermer ishtirok etmoqda.
Fransiya janubidagi fermerlar ham shunday harakatlarni olib borishmoqda va ular Ispaniyada kirib keladigan yo‘llarda yuk mashinalarini tekshirishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish