Sport | 18:38 / 27.07.2015
2016
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin Gshtaaddagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi

Bugun, 27 iyul kuni Shveytsariyaning Gshtaad shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 494,310 yevroni tashkil etuvchi turnirning asosiy to‘r bahslari start oldi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston vakili Denis Istomin ham ishtirok etyapti.

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi ilk davradagi uchrashuvini yakunladi. Saralash musobaqasi g‘oliblaridan biri fransiyalik Maksim Teysheraga qarshi kortga chiqqan Istomin raqibini 6:0, 6:4 hisobida taslim etdi.

Endi Denis ikkinchi davrada shveysariyalik Xenri Laaksonen va portugaliyalik Joao Souza uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Bu yil yubiley 100-marotaba tashkil etilayotgan Gshtaad turniri g‘olibi 80 ming yevro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish