Sport | 09:16 / 27.07.2015
1747
2 daqiqa o‘qiladi

Istomin Shveytsariyaning Gshtaad shahridagi tennis turnirida ishtirok etadi

Bugun, 27 iyul kuni Shveytsariyaning Gshtaad shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 494,310 yevroni tashkil etuvchi turnirning asosiy to‘r bahslari start oldi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Denis Istomin ham ishtirok etadi.

Qur'a natijasiga ko‘ra mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi ilk davrada saralash musobaqasi g‘oliblaridan biri fransiyalik Maksim Teysheraga qarshi kortga chiqadi. Agar Denis Teyshera to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tsa, ikkinchi davrada shveysariyalik Xenri Laaksonen va portugaliyalik Joao Souza uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Bu yil yubiley 100-marotaba tashkil etilayotgan Gshtaad turniri g‘olibi 80 ming yevro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ladi. Finalchi 42100 yevro va 150 reyting ochkosini qo‘lga kiritadi. Birinchi davrada qatnashgan tennischilar esa 4535 yevroga o‘z hamyonlarini boyitib olishadi. Lekin bu bosqichda mag‘lub bo‘lganlarga ochko berilmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish