Sport | 19:09 / 27.07.2015
6547
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Gabondagi stadionga qo‘ygan ilk g‘ishtni o‘g‘irlab ketishdi

Lionel Messi tomonidan ikki hafta avval Gabondagi stadionga qo‘ygan ramziy ma'nodagi ilk g‘ishtini o‘g‘irlab ketishdi.

Argentinalik yulduz Gabon davlati prezidenti Ali ibn Bongo Ondimbining taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyurgan va Port-Jantile shahridagi stadionga ilk g‘ishtni qo‘ygandi.

Ayni paytda politsiya xodimlari Messining qo‘li tekkan “qimmatbaho g‘isht”ni tunab ketgan o‘g‘rilarni topish uchun keng ko‘lamdagi harakatlarni olib borishmoqda.

Messining tashrifi gabonliklar tomonidan turlicha qabul qilingan edi. Ayrimlar bu tashrifni tarixiy voqea sifatida qayd etishgan, ba'zilar esa ko‘cha kiyimida kelgan Messidan ranjigandi.

Shuningdek, avvaliga uning tashrifi uchun 3,5 mln yevro olgani xabar qilingan, 1 kun o‘tib, bu xabar Gabon prezidenti tomonidan rad etilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish