Sport | 12:39 / 27.07.2015
2193
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Suhrob Xo‘jayev Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro xotira turnirida o‘zbekistonlik Suhrob Xo‘jayev bosqon uloqtirish musobaqasida 78.22 metr natija bilan 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqada ishtirok etgan yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Sergey Dementev disk (54.12 m.) va yadro (19.37 m.) uloqtirish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uzunlikka sakrashda Timur Xusnulin 7.66 metr ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik yengil atletikachilar tomonidan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 3taga yetdi.

Ma'lumot uchun, bunga qadar Sitora Hamidova (marafon) va Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash) to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish