Iqtisodiyot | 18:22 / 27.07.2015
7399
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya rubli so‘nggi to‘rt oydan buyon ilk marta dollarga nisbatan eng past ko‘rsatkichni qayd etdi

Rossiya rubli so‘nggi to‘rt oydan buyon AQSh dollari va Yevroga nisbatan ilk marta eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Gazeta.ru nashrining yozishicha, neft narxining tushishi natijasida rublning dollarga nisbatan qiymati 60lik marradan o‘tishi mumkin.

Yevroning rublga nisbatan kursi hozirda 66 rublni tashkil etmoqda.

Bugun Toshkent vaqti bilan 16:05da 1 AQSh dollari 59 rubl 67 kopeykani tashkil qilayotgandi. Bu ko‘rsatkich mart oyidan buyon rubl uchun eng past ko‘rsatkich sanaladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish