Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumanida joylashgan eski istirohat bog‘i sentabr oyida qaytadan ishga tushadi
Toshkentning Sergeli tumanida (Sputnik) joylashgan Usmon Nosir nomidagi sobiq madaniyat va istirohat bog‘ida qurilish-ta'mirlash ishlari boshlandi.
Ayni paytda istirohat bog‘i hududida keng ko‘lamdagi tozalash, ta'mirlash va yangi attraksionlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Quruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, parkda avvaliga 14ta attraksion ishlaydi.
Yangilangan madaniyat va istirohat bog‘ining qanday nomlanishi va uning hududida joylashgan ko‘l bilan bog‘liq ma'lumotlar hozircha noma'lum.
Ushbu dam olish maskani 2015 yilning sentabr oyida ochilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrda qabul qilingan “2011-15 yillarda madaniyat va istirohat bog‘larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yilning oxiriga qadar madaniyat va istirohat bog‘larining soni 225taga yetkazilishi lozim. Buning uchun 50 million dollarga yaqin mablag‘ ajratilgan.