Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 19:05 / 28.07.2015
3207
1 daqiqa o‘qiladi
Arturo Vidal rasman "Bavariya"ga o‘tdi
Chililik yarim himoyachi Arturo Vidal rasman “Bavariya” o‘yinchisi sifatida taqdim etildi.
“Yuventus”ning sobiq futbolchisi “Bavariya” bilan 2019 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Transfermarkt bergan ma'lumotga ko‘ra, “Yuventus” Vidal uchun 42 mln yevro olgan.
2014/2015 yilgi mavsumda Arturo Vidal “Yuventus” tarkibida 45ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.