Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada kuchli zilzila ro‘y berdi
Indoneziyaning G‘arbiy Papua viloyatida 7,0 magnitudali kuchli zilzila ro‘y berdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Germaniyaning Yerni tadqiq qilish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan bo‘lgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar kelib tushmagan.
Indoneziya Tinch okeani alanga halqasi deb nomlanuvchi kuchli tektonik yoriqning bir qismi hisoblanadi. Yer sharining bu hududida eng faol tektonik plitalar mavjud bo‘lib, ulardan biri yiliga 7 sm tezlik bilan harakatlanadi. Seysmologlar har yili bu hududda 4,0 magnitudadan yuqoriroq kuchga ega bo‘lgan 6-7 mingta zilzila qayd qilishadi.