Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mishel Platini FIFA prezidentligi uchun kurashadi
UYeFA prezidenti Mishel Platini FIFA prezidentligi uchun kurashadigan bo‘ldi. Bu haqda Platini o‘tgan hafta oxirida bayonot bergan. UYeFA rahbari kelgusi yilning 26 fevralida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda o‘z familiyasi bo‘lishini bildirgan.
Platini o‘zining yakuniy qaroriga to‘rtta mintaqa konfederatsiyalarining, UYeFAdan tashqari KONMeBOL, KONKAKAF va asosiysi Osiyo konfederatsiyalari qo‘llab-quvvatlaganidan keyin kelgan. Agar mazkur konfederatsiyaga kiruvchi har bir davlat futbol uyushmalari uning nomzodini qo‘llab-quvvatlasa Platini 144ta ovozga ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi. Bu uning FIFA prezidentligi uchun eng asosiy nomzod ekanini ko‘rsatadi.
FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatter bu lavozimda 1998 yildan buyon ishlab keladi. Joriy yil may oyida u yana bir marta 5 yil muddatga FIFA rahbarligi uchun tayinlangandi. Biroq FIFA tashkilotidagi korruptsion janjallar natijasida u iste'foga chiqishi haqida bayonot berib o‘tgandi.