Jahon | 17:53 / 28.07.2015
2690
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi ko‘chalardan biriga Vladimir Visotskiy nomi berildi

Moskva hokimligi qarori bilan Yuqori va Quyi Tagansk berk ko‘chalari qismi Vladimir Visotskiy nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, Yuqori va Quyi Tagansk ko‘chalarining Tagansk teatri joylashgan qismi aynan xonanda, shoir, teatr aktyori marhum Visotskiy nomi bilan ataladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Vladimir Visotskiy o‘limining 35 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar tashkil qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish