Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar: 2016 yilda Olimpiada va Amerika Kubogida o‘ynashni istayman
"Barselona" hujumchisi Neymar 2016 yilda Braziliya terma jamoasi safida Olimpiada va Amerika Kubogida ishtirok etish istagi borligini bildirdi.
"Men "Barselona" rahbariyatiga murojaat qilib, kelasi yil yozida Olimpiada va Amerika Kubogida ishtirok etish istagim borligini bildirdim. Bu mening istagim.
Futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilishni yaxshi ko‘raman. Men bu hissiyotlarimni bostirmoqchi emasman. Terma jamoaning birorta ham o‘yinini o‘tkazib yuborishni istamayman.
Men Rio-de-Janeyroda oltin medalni qo‘lga kiritib, vatandoshlarimga shodlik ulashmoqchiman. Buni juda ham istayman", - deb yozdi Neymar o‘z tvitterida.