Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilar 25 kishini o‘ldirdi
Nigeriyada jangarilar Borno shtatidagi uchta aholi punktiga hujum qildi. Hujumlar oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Politsiyaning xabar berishicha, ushbu hujumni amalga oshirishda “Boko Haram” terrorchilik guruhi jangarilari gumon qilinmoqda. Voqea tavsilotlari ma'lum qilinmagan.
24 iyulda ham “Boko Haram” jangarilari uchta qishloqqa hujum qilgan. Oqibatda 20 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, jangarilar mototsikllarda kelib, aholiga o‘q uzgan.
Terrorchilarning hujumlari oqibatida minglab nigeriyaliklar mamlakatni tark etishga majbur bo‘lmoqdalar. 2009 yildan beri 1,5 mln dan ko‘proq nigeriyalik o‘z uyini tark etgan. Shu davr ichida jangarilar tomonidan 15 mingdan ko‘proq odam o‘ldirilgan.