O‘zbekiston | 13:58 / 28.07.2015
5369
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda diabetiklar uchun samarador vosita yaratildi

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi S. Yunusov nomli o‘simlik moddalar kimyosi instituti olimlari tomonidan qondagi shakar miqdorini kamaytirishga mo‘ljallangan samarador vosita – ayulin yaratildi.

O‘zbekiston intellektual mulk agentligi bergan ma'lumotlarga qaraganda, vosita insulin ta'sirini kuchaytirib, jigarda glyukoza utilizatsiyasini yaxshilaydi va uning faolligini oshiradi, buning natijasida uglevodlar zaxirasi – glikogen hosil bo‘ladi, yoshi katta odamning hayotiy tonusini oshiradi.

“Pravda Vostoka” nashrining yozishicha, vosita substansiyasining ishlab chiqarilishi institutning tajriba bazasida amalga oshirilishi ko‘zlangan. Tayyor dori vositalari ishlab chiqarilishi esa “O‘zfarmsanoat” DAK korxonalaridan birida amalga oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish