O‘zbekiston | 10:10 / 28.07.2015
2737
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga har yili 2 mln sayyoh keladi

Yiliga O‘zbekistonga dunyoning 70dan ortiq mamlakatidan 2 mln sayyoh tashrif buyuradi. Bu haqda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tarqatgan matbuot xabarnomasida aytildi.

Ma'lum bo‘lishicha, turistik xizmatlar eksporti hajmi 615 mln dollarni tashkil qiladi. YaIMda turizmning ulushi 2 foizdan ortadi.

O‘zbekistonda turli davrlarga oid 7 mingdan ortiq me'moriy va tarixiy yodgorliklar, 110ta xalqaro turistik yo‘nalish mavjud.

Sayyohlarga 550 kompaniya xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mamlakatda jami 50 ming o‘ringa ega 500dan ortiq mehmonxonalar, motel va kempinglar mavjud. O‘zbekistondagi 11ta xalqaro aeroport mamlakatni jahonning 50ta shahri bilan bog‘lab turibdi.

Turizm sohasining bo‘lajak mutaxassislari 5ta oliy o‘quv yurtida va 12ta kasb-hunar kollejida tayyorlanmoqda. Turizm sohasida 200 ming kishi faoliyat yuritmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish