Jahon | 16:07 / 28.07.2015
2299
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov: Kreml Ukraina inqirozini bartaraf qilishda yordam ko‘rsatishda davom etadi

Rossiya Ukraina inqirozidan chiqish yo‘llarini qidirishda o‘z yordamini ko‘rsatishda davom etadi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, TASS muxbirining savollariga javob berarkan, Kreml Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirillning so‘zlarini e'tiborga olganini ta'kidlab o‘tdi. Rus cherkovi rahbari Rusning cho‘qintirilishi kuni Rossiya va Ukraina rahbarlariga murojaat qilib, ular orasida ixtilof cherkovning jiddiy tashvishiga sabab bo‘layotganini ta'kidlab o‘tgan edi.
“Bu xabar javobni talab qilmaydi, shu bois javob ham bo‘lmaydi, – dedi Peskov. – Rossiyaning Ukraina inqirozidan chiqish yo‘llarini qidirish yo‘lidagi harakatlari davom etadi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish