Polshaning yangi prezidenti Anjyey Dudaning inauguratsiyasiga Yevrokomissiya rahbariyatidan hech kim kelmasligi aytilmoqda.
Polsha matbuotining xabar berishicha, inauguratsiyada na Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, na Polshadan yevrokomissar Eljbeta Benkovskaya ishtirok etadi. Marosimga Yevropa Kengashi rahbari va Polshaning sobiq bosh vaziri Donald Tuskning kelishi ham dargumon bo‘lib qolmoqda.
Anjyey Duda 6 avgustda rasman o‘z lavozimini bajarishga kirishadi. Duda 24 may kuni prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida 51,55 foiz ovoz to‘plab, Polshaning sobiq prezidenti bilan raqobatda g‘alaba qozongan.