Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:07 / 28.07.2015
3145
1 daqiqa o‘qiladi
Putin BMT Bosh assambleyasida ishtirok etadigan bo‘ldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nyu-Yorkda 15-22 sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan BMT Bosh assambleyasining har yili o‘tkaziladigan 70-sessiyada ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
BMT Bosh assambleyasida, shuningdek, AQSh prezidenti Barak Obama, Xitoy rahbari Si Tszinpin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham ishtirok etadi. Sessiyaga, shuningdek, Rim Papasi ham tashrif buyuradi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish