Jahon | 10:36 / 28.07.2015
2011
1 daqiqa o‘qiladi

Qrim va Sevastopolni rivojlantirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etiladi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qrim va Sevastopolni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiyaning tuzilishi to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda hukumat sayti orqali xabar qilindi.

Ilgariroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Medvedevning Qrim ishlari bo‘yicha vazirlikning tugatilishi haqidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan edi. Bugun Rossiya rahbari Qrim vazirligini tugatish haqidagi qarorni imzoladi.

Endilikda rivojlantirish masalalari bo‘yicha asosiy vakolat iqtisodiyot vazirligiga topshirilishi, shuningdek, alohida komissiyalar tashkil etilish kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish