Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklarning chorak qismi Ukrainada Rossiya qo‘shinlari borligiga ishonadi
Rossiyaliklarning 26 foizi Ukrainada Rossiya qo‘shinlari harakat qilayotganiga ishonadi, yarmidan ko‘prog‘i esa (52 foiz) bunga ishonmaydi. Bu ma'lumotlar Gazeta.ru nashrining buyurtmasiga asosan Levada markazi tomonidan tayyorlangan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra ma'lum bo‘ldi.
“Ayirmachilar ichida rossiyalik ko‘ngillilarning borligiga munosabatingiz qanday?”, – savoliga 53 foiz respondent ijobiy, 27 foizi esa salbiy munosabatda ekanligini bildirdi.
Rossiya zobitlari va askarlarining ixtilofdagi ishtirokiga so‘rovnoma ishtirokchilarining 33 foizi ijobiy, 40 foizi salbiy munosabat bildirdi.