O‘zbekiston | 12:02 / 28.07.2015
5278
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent mexanika zavodida kompyuter texnikasi ishlab chiqariladi

Toshkent mexanika zavodida (sobiq aviasozlik zavodi) yangi quvvatlar ishga tushirilib, ularda kompyuter texnikasi va kir yuvish mashinalari ishlab chiqariladi.

Ushbu sohaga zavodni o‘z tarkibiga oluvchi O‘zbekiston temir yo‘llari AJ yaqin uch yil ichida 380 mln dollar yo‘naltiradi. Loyihalarning umumiy miqdori 16tani tashkil qiladi.
Bu haqda Uzbekistan Today nashri “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Davron Dehqonovga tayangan holda ma'lumot bermoqda.

Zavodda ofis texnikasi, kir yuvish mashinalari, kichik quvvatli elektr dvigatellari va maishiy texnika ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Ayni kunda zavodda 2 ming kishi ishlab kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish