O‘zbekiston | 09:12 / 28.07.2015
5728
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtobus ostida qolgan mast yo‘lovchi shifoxonada vafot etdi

Toshkent shahrida 77-yo‘nalishda harakatlanuvchi “Mersedes” avtobusi haydovchisi Adham To‘laganov Katta Xirmontepa ko‘chasida piyodani urib yuborgan.

“Poytaxt transporti” nashri bildirishicha, yo‘l-transport hodisasida qattiq jarohatlangan yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, marhum yo‘lovchi yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan edi. Qolaversa, u o‘sha paytda mast holatda bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish