Sport | 12:21 / 28.07.2015
5301
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnamlik muxlis “Siti” o‘yinchilariga bo‘lgan adovatini o‘zgacha tarzda ifodaladi

27 iyul kuni Xanoyda Vetnam terma jamoasi Angliyaning “Manchester Siti” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 1:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Mahalliy muxlislardan biri jamoasining alamli mag‘lubiyatiga chidolmay o‘yin uchun chiqarilgan 10 dona chiptani yoqib yubordi.

Vetnamlik futbol muxlisi o‘zining ushbu harakati tasvirlangan rolikni YouTube tarmog‘iga joylashtirar ekan, “Manchester Siti”ni muxlislar va uning mamlakatiga nisbatan hurmatsizlik qilganlikda aybladi.

Rolik muallifining aytishicha, “Siti” futbolchilari yetarli darajada ochiqko‘ngil bo‘lishmagan va stadionga tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildirishmagan.

Ko‘plab vetnamliklar rolik muallifining fikrlarini qo‘llab-quvvatlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish