Jahon | 17:10 / 29.07.2015
2237
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yili Qozog‘iston fazoga nano-yo‘ldosh uchiradi

Qozog‘iston 2016 yili fazoga nano-yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar milliy markazi” AJ kosmik texnika va texnologiya instituti direktori Davlet Ahmedov ma'lumot berdi.

“Biz kosmik ilovalar ishlab chiqmoqdamiz, ular ustida markazimiz mutaxassislari ishlamoqda. Ular doirasida biz Yer atrofi kosmik hududini o‘rganishga mo‘ljallangan ilmiy-kosmik apparatura ishlab chiqmoqdamiz. Fazo tadqiqotlari sohasining ikkinchi yo‘nalishi nano-yo‘ldoshlar negizida kosmik sxemalar yaratishdir, bu ham bizning yo‘nalishimiz. Biz keyingi yili nano-yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqdamiz. Uning ishlanmalariga 200 mln tanga ajratiladi”, – uning so‘zlarini keltiradi Zakon.kz resursi.

“Shu tariqa, markazning missiyasi Qozog‘iston Respublikasida kosmik faoliyat rivojini ilmiy-texnologik ta'minlashdir”, – qo‘shimcha qildi Ahmedov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish