Jahon | 16:58 / 29.07.2015
2403
2 daqiqa o‘qiladi

Amnesty International Kaddafining o‘g‘liga o‘qilgan o‘lim hukmini qoraladi

Amnesty International xalqaro tashkiloti Tripoli sudi tomonidan Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafining o‘g‘li Sayf ul-Islomga o‘qilgan o‘lim hukmini qoralab chiqdi. Bu haqda Londonda shtab-kvartirasi joylashgan xalqaro huquqiy tashkilot tarqatgan bayonotda aytildi.

“Liviya rahbariyati Sayf ul-Islomni xalqaro jinoiy sudga topshirishdan bosh tortdi, bu bilan ular milliy darajada adolatni ta'minlay olishini ko‘rsatmoqchi edi. Shunga qaramay, ular buning uddasidan chiqa olmadi, unga nisbatan ko‘plab huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yildi. Uning ishini ko‘rib chiqish va hukm o‘qilishi amalda oldindan hal qilib qo‘yilgan ssenariy asosida bajarildi, ular javobgarga advokat taqdim etmay, uni maxfiy joyda tutishda davom etmoqda”, – dedi tashkilotning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha loyihalari direktori Filip Lyuter.

41 yoshli Sayf ul-Islom Kaddafi 2011 yilning fevralida hibsga olingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish