Jahon | 01:15 / 29.07.2015
3544
1 daqiqa o‘qiladi

Arxeologlar Yevropadagi eng qadimiy odam qoldiqlarini topishdi

Fransiyada talaba-arxeologlar ko‘ngillilar bilan birgalikda Yevropadagi eng qadimiy odam qoldiqlari – 560 ming yillik tishni topishdi, deb xabar bermoqda Express gazetasi.

Topilma Fransiyaning janubida joylashgan Perpinyan shahri yaqinidagi Kon d'Arago g‘orida topildi. Tish “Arago-149” deb nomlandi, bu tish Yevropa hududida topilgan odam qoldiqlaridan eng qadimiysi bo‘ldi. Qoldiqning yoshi 1971 yilda Totavelda topilgan odamning yoshidan 100 ming yilga kattaroqligi aniqlandi.

Tish ko‘rinishicha katta odamga tegishli bo‘lgan, biroq uning jinsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Topilma olimlarga ilk yevropaliklarning tuzilishi haqida ko‘proq faktlarni tushunishga yordam beradi.

Shu yilning yanvar oyida ibtidoiy odamning yangi ko‘rinishi topilgan edi. Topilmalar Tayvanning g‘arbiy sohilidagi Penxu orollari hududida baliqchilar to‘riga ilinib qolganda topilgan. Ularning yoshi 10 mingdan 19 minggacha yilni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish