Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:52 / 29.07.2015
2762
1 daqiqa o‘qiladi
"Barselona" jamoasi himoyachisi Duglas 2 oyga safdan chiqdi
29 iyul kuni "Xalqaro chempionlar kubogi" doirasida "Barselona" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan (2:2) o‘yin vaqtida kataloniyaliklar himoyachisi Duglas Perreyra og‘ir jarohat oldi.
24 yoshli ushbu braziliyalik himoyachi o‘yinning 25 daqiqasida bel qismidan jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmasligi ma'lum bo‘ldi hamda uning o‘rniga Serxio Roberto maydonga tushirildi.
Sport.es nashri xabariga ko‘ra, endilikda bu futbolchi 2 oygacha futbol o‘ynay olmaydi.