Jahon | 09:29 / 29.07.2015
2474
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Ukrainadagi ixtilofda 7 ming kishi halok bo‘ldi

BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi matbuot kotibi Sesil Puyi bergan ma'lumotga qaraganda, Ukrainadagi ixtilof oqibatida qariyb 7 ming kishi halok bo‘ldi, 17 ming kishi aziyat chekdi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, bu oxirgi 15 oyga oid ma'lumotlardir.

“2014 yil aprelining o‘rtalaridan 2015 yilning 27 iyuliga qadar bo‘lgan davrda Ukraina sharqidagi ixtilof zonasida 6 832 kishi halok bo‘ldi va 17 087 kishi jarohatlandi. Bu ma'lumotlar geografik nuqtalar va alohida vaqt bo‘laklariga oid ma'lumotlarning yo‘qligi bois to‘liq emas. BMTning fikricha, qurbonlarning haqiqiy miqdori bir qadar ko‘proqdir”, – dedi Puyi xonim.

Ta'kidlanishicha, ushbu raqamlar o‘z ichiga Malayziyaning Boeing samolyotidagi 298 nafar qurbonni ham o‘z ichiga oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish