Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazirning yangi o‘rinbosari yoshlar siyosati departamentini nazorat qiladi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida Madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi o‘rnida ikki yangi kompleks yaratildi. Bu haqda hukumatdagi manbalariga asoslangan holda "Gazeta.uz" nashri xabar bergan.
Shu tariqa, endilikda bosh vazirning olti nafar o‘rinbosari o‘rniga yetti nafar o‘rinbosari mavjud.
Ayni damda, yuqorida qayd etilgan kompleks o‘rnida Yoshlarga oid siyosat, ta'lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi hamda Sog‘likni saqlash, ekologiya va inson hayoti sifati masalalari komleksi paydo bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining yangi komlekslar yaratish to‘g‘risidagi qarori 23 iyul kuni imzolangan. Joriy hafta davomida Bahodir Hodiyev Yoshlarga oid siyosat, ta'lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari hamda bosh vazir o‘rinbosari sifatida tanishtirilishi kutiladi.
Sog‘likni saqlash, ekologiya va inson hayoti sifati masalalari komleksini esa 2012 yildan shu vaqtgacha Madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari va bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Adham Ikramov Ilhamovich boshqaradi.
Ma'lumot uchun, Bahodir Hodiyev Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining sobiq rektori hisoblanib, 2010-2014 yillar mobaynida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida ishlagan. Shu kungacha Prezident qoshida fan, ta'lim va madaniyat masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Qayd etish joizki, davlat portalida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi bu o‘zgarishlar o‘z ifodasini topmagan.