Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya politsiyasi mayda o‘g‘riliklar bilan shug‘ullanishni to‘xtatadi
Britaniya politsiyasi mayda o‘g‘riliklar bilan shug‘ullanishni to‘xtatadi
Britaniya politsiyasi zobitlari uylardagi mayda o‘g‘riliklar bilan shug‘ullanishni to‘xtatadi. The Daily Mail nashrining Buyuk Britaniya politsiya rahbarlari milliy kengashi raisi Sara Torntonga tayangan holda yozishicha, bunday o‘zgarishlar politsiya byudjyetining 4 yil ichida 25 foizga qisqarishi bilan bog‘liq.
Tornton xonimning so‘zlariga qaraganda, Britaniyada jinoyatchilik o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi – mashinalarni olib qochish va mayda o‘g‘irliklar sezilarli darajada kamaydi.
Uning aytishicha, keyingi 10 yil ichida politsiyada 70 ming ish o‘rni qisqartiriladi.
“Biz asosiy diqqatni boshqa dolzarb muammolarga – jinsiy xarakterdagi jinoyatlar, terrorchilik va kiberjinoyatchilikka qaratishimiz kerak”, – ta'kidladi u.
Politsiya rahbarining fikricha, konstebllarda mayda o‘g‘riliklar bilan shug‘ullanishga imkoniyat yetmaydi: “Bizda tanlov bor. Agar biz, aytaylik, bolalarni himoya qilishga e'tibor qaratsak, mayda talonchiliklarni fosh qilishga kuchimiz yetmaydi – jinoyat joyiga shunchaki vaqtida yetib bora olmaymiz. Istiqbollarni belgilay bilish kerak”.