Jahon | 12:24 / 29.07.2015
3706
2 daqiqa o‘qiladi

Kichik Kaddafining rafiqasi eri qatl qilinmasligini so‘ramoqda

Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafining o‘g‘li Sayfulislom o‘lim jazosiga hukm qilinganidan so‘ng uning rafiqasi Nadejda Bodnar ushbu hukm faqat qog‘ozda qolishidan umid qilmoqda.
“U Afrikada, men esa Ukrainada ekanligim bois men hammasini boshqalar kabi OAV orqali bilmoqdaman. Umid qilamanki, e'lon qilingan ushbu hukm faqat qog‘ozda qoladi, uning de-fakto ijro etilishini istamas edim. Ular insoniylikka qarshi bormaydi va erimni o‘ldirmaydi degan umiddaman”, – dedi Bodnar xonim Latviyaning Baltkom radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Shuningdek, u Sayfulislom Kaddafi bilan oxirgi marta bir necha yil muqaddam Ukrainada ko‘rishganini aytib o‘tdi:
“Oxirgi marta men uni Ukrainada bir necha yil muqaddam ko‘rgan edim. 2010 yili Odessada. Shundan so‘ng hammasi boshlandi, bizning o‘zimizda ham ixtilof boshlandi, biz bir necha marotaba telefon orqali suhbatlashdik, keyin esa u g‘oyib bo‘ldi, va shundan so‘ng men uni qidirishga harakat qilmadim, chunki bu men va mening farzandlarim uchun xavfsiz bo‘lmas edi”.
Bodnarning fikricha, Sayfulislom o‘z siyosiy faoliyati davomida Liviyani dunyoviy davlatga aylantirishga harakat qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish