Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Moskvadagi masjid ochilishiga islom davlatlari yetakchilarining kelishi haqidagi ma'lumotga ega emasligini ma'lum qildi
Kreml Moskva jome' masjidining ochilishiga islom davlatlari yetakchilarining kelishi haqidagi ma'lumotga ega emas, deb Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga iqtibos keltirgan holda “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq OAVlar 2015 yilning 23 sentabrida masjidning ochilishiga AQSh, Turkiya, Hindiston, Chad, Sudan, Liviya va Iroq delegatsiyalari kelishini tasdiqlagan edi.
Moskva jome' masjidi Moskvadagi eng qadimiy masjidlardan bo‘lib, 1904 yilda qurilgan. 2005 yilning mayida uni to‘liq buzib, yangidan qurishga qaror qilingan edi.