O‘zbekiston | 14:32 / 29.07.2015
1919
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

2015 yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kuvayt davlatining favqulodda va muxtor elchisi Xalaf Mijbal Bu Dhairni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamda boshqa shakllardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi mobaynida O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi an'anaviy aloqalarni rivojlantirishga elchining qo‘shgan hissasi yuqori baholandi hamda uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

O‘z navbatida elchi O‘zbekistonda elchixonaning muvaffaqiyatli faoliyati uchun yaratilgan qulay shart-sharoit uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish