Sport | 16:00 / 29.07.2015
1634
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona FIFA prezidentligi uchun saylovda qatnashishini tasdiqladi

Argentinalik sobiq futbolchi va murabbiy Diyego Armando Maradona o‘zining FIFA rahbarligi uchun saylovda ishtirok etish istagi haqida ma'lum qildi.

"Men FIFAga BAAdagi odamlar uchun, bu davlatda menga ish berishgani va oilam bilan birga baxtli yashashga imkon yaratib berishgani uchun qaytishga qaror qildim. Men hech kimdan qasos olish niyatida emasman. Men Afrika futbolining ahvoli Argentinaning chekka tumani Santyago-del-Esterodagidan ham yomonligi uchun va shunday muammolarni hal qilish tashkilotga qaytmoqchiman. Tashkilotda poraxo‘rlik va o‘g‘rilik avj olib ketgan", deydi 1986 yilgi mundial chempioni AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun saylov 2016 yilning 26 fevralida bo‘lib o‘tadi. Hozirgacha, UYeFAning amaldagi prezidenti Mishel Platini hamda braziliyalik murabbiy Ziko saylovda qatnashishi haqida xabar qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish