Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada ayollarning qotillari qariyb 700 yilga qamaldi
Meksikaning Chiuaua shtati sudi ayollarni o‘ldirishda ayblanayotgan guruhning barcha 5 a'zosini 697 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda shtat sudi vakillari ma'lumot berdi.
Jinoyatlar 2009-2010 yillarda sodir etilgan, tanalarning qoldiqlari esa 2012 yili topilgan. Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, jinoiy guruh a'zolari yosh ayollarni aldab, ularni fohishalik va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanishga majbur qilgan. Ayollar go‘zal tashqi ko‘rinishini yo‘qotgach, ular o‘ldirilgan, tanalari esa ko‘mib tashlangan.
Bundan tashqari, aybdorlar halok bo‘lganlarning oilalariga 9 mln peso (550 ming dollar) tovon puli to‘laydi.
Milliy statistika va geografiya instituti ma'lumotlariga qaraganda, 2007-2012 yillar orasida ayollarning o‘ldirilishi Meksikada 155 foizga oshib, 2.7 ming kishini tashkil qilgan. Ammo bunday jinoyatlarning faqat 16 foizi tergov organlarigacha yetib boradi.