O‘zbekiston | 18:06 / 29.07.2015
4937
2 daqiqa o‘qiladi

NATO O‘zbekiston zobitlariga ingliz tilini o‘rgatish dasturini boshladi

Toshkentda O‘zbekiston qurolli kuchlari zobitlariga ingliz tilini o‘rgatishga qaratilgan NATO dasturi keyingi haftadan ishga tushiriladi. Tanlov asosida ajratib olingan 15 nafar zobit olti oylik tajriba dasturida ishtirok etadi. Unda birinchi darajali e'tibor harbiy terminologiyaga qaratiladi.
NATOning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik va aloqalar bo‘yicha vakili Aleksandr Vinnikov va O‘zbekiston mudofaa vazirligi qoshidagi “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi bo‘yicha tayyorgarlik markazi rahbari polkovnik Do‘sniyozov 24 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan marosimda dasturning ochilishini e'lon qildilar.
“Bu dastur yil boshida bizning byuro tomonidan Qirg‘izistonda boshlangan edi, uning asosiy maqsadi o‘zbekistonlik zobitlarning ingliz tili ko‘nikmalarini oshirish, shu orqali O‘zbekistonning NATO bo‘yicha hamkorlari hamda turli xalqaro tadbirlari ishtirokini faollashtirishni ta'minlashdir”, – dedi Vinnikov o‘z chiqishida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish