Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 22:30 / 29.07.2015
6760
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining yangi birinchi o‘rinbosari tayinlandi
2015 yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kollegiyasiga yangi tayinlangan vazirning birinchi o‘rinbosari Javlon Vaxabov, vazir o‘rinbosarlari Saidikram Niyazxodjaev va G‘ayrat Fazilov tanishtirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumot uchun, shu vaqtgacha J.Vaxabov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, S.Niyazxodjayev iqtisod vaziri o‘rinbosari, G‘.Fazilov O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.