Jahon | 03:23 / 29.07.2015
2592
1 daqiqa o‘qiladi

Saut-Shilds shahrida “AL-AZHAR” universiteti ochiladi

Buyuk Britaniyaning Saut-Shilds shahridagi “Al-Azhar” universitetining qurilish ishlari yakuniga yetdi. Mazkur tadbir 28 iyul seshanba kuni ushbu oliy ta'lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi deb yozmoqda muslim.uz
Ushbu universitet, Britaniya fuqarolariga islom dini va uning insonparvarlik g‘oyalari haqida keng qamrovli ma'lumotlarni taqdim etuvchi ta'lim muassasasi bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlanmoqda. Universitet xodimlaridan birining so‘ziga ko‘ra, bu shaharda musulmonlar, bir asrdan ko‘proq vaqtdan buyon boshqa din vakillari bilan do‘stona, ahil-inoq yashab kelmoqda. Bu esa, Islom bag‘rikenglik dini ekanining yaqqol namunasidir. Yangi ochilajak universitet Islom va Qur'on to‘g‘risida ko‘proq bilishni istovchi kishilar uchun ma'rifat makoni bo‘lishi tabiiydir.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish