Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada syorfing uchun qarorgoh ochiladi
Shimoliy Koreya rahbariyati syorfing qarorgohi ochilishini ko‘zda tutuvchi rejani ma'qulladi, deb xabar beradi The Guardian. Tashabbus mualliflari – italiyalik professional murabbiy Nik Dzanella va AQShning Uri Tours turistik agentligi.
Xalqaro syorfing uyushmasi vakili va Xitoyning syorfing bo‘yicha terma jamoasi murabbiyi bo‘lgan Dzanella bir yil davomida KXDRning sharqiy qirg‘og‘ini o‘rganganligini ta'kidlab o‘tdi. U ob-havo sharoitlari va to‘lqinlar sifatini tekshirgan.
Kichik turistik guruhlarga mo‘ljallangan qarorgoh joriy yilning sentabrida ochiladi.